Biz qanday tanlaymiz

Jamoamizning do‘konlardagi 18 ta ilovasining bir qismi Flutter’da, bir qismi native yozilgan. Tanlov didga emas, ilova nima qilishiga bog‘liq bo‘ldi.

Flutter qachon to‘g‘ri tanlov

  • Ilova asosan ekranlar, ro‘yxatlar, formalar va server bilan ishlaydi.
  • iOS va Android bir vaqtda, bir xil funksiyalar bilan chiqishi kerak.
  • Byudjet va muddat cheklangan, MVP’ni tez sinash kerak.
  • Bir nechta bog‘liq ilova umumiy kod bilan quriladi.

Masalan, Playmatch ekotizimidagi uchta ilova — o‘yinchilar, stadion egalari va sotuvchilar uchun — Flutter’da umumiy modellar, API mijozi va UI komponentlari bilan bitta monorepoda yozilgan. Bisyor, Zamin va One.uz ilovalari ham Flutter’da.

Native qachon kerak

  • Fotogalereya, kontaktlar yoki kalendarni qurilma ichida chuqur tahlil qilish.
  • Fon jarayonlari, vidjetlar, Live Activity, Android Auto yoki CarPlay.
  • Ma’lumot qurilmadan chiqmasligi kerak bo‘lgan maxfiylik talabi.
  • Har bir millisekund muhim bo‘lgan animatsiya yoki tizim bilan integratsiya.

Roomy (telefon xotirasini tozalash) iOS’da SwiftUI, Android’da Kotlin va Jetpack Compose’da yozilgan: u minglab suratlarni qurilma ichida tahlil qiladi va hech narsani serverga yubormaydi. Bip ilovalari ham native — vidjetlar va avtomobil ekrani bilan ishlash uchun.

Narx va muddat

Native yo‘lda ikki platforma uchun ikki kod bazasi yoziladi, shuning uchun bir xil funksiyalar uchun ish hajmi kattaroq. Flutter’da asosiy qism bir marta yoziladi, platformaga xos qismlar esa native plaginlar orqali qo‘shiladi.

Qo‘llab-quvvatlash

Ikkala yo‘lda ham har yili iOS va Android yangi talablar qo‘yadi: yangi API darajasi, maxfiylik formalari, ruxsatlar. Ilova chiqqandan keyin ham muntazam yangilanib turishi kerak — buni byudjetga oldindan qo‘shing.

Ko‘p beriladigan savollar

Flutter ilovasi native’dan sekinmi?

Oddiy biznes ilovalarida foydalanuvchi farqni sezmaydi. Farq og‘ir grafika, katta hajmdagi media bilan ishlash va tizim bilan chuqur integratsiyada ko‘rinadi.

Keyinchalik Flutter’dan native’ga o‘tsa bo‘ladimi?

Ha, lekin bu deyarli qayta yozish. Shuning uchun ilova kelajakda nima qilishini boshidanoq hisobga olib tanlash yaxshiroq.