Xizmatlar
Biznesingizga raqamli mahsulot kerak bo‘lsa — sayt, ilova yoki ichki tizim — uni bir jamoada loyihalaymiz, quramiz va o‘stiramiz.
-
Veb-saytlar
Allten Toshkentda veb-saytlar yaratadi: bir sahifali landingdan tortib kuniga yuz minglab tashrifni ko‘taradigan yangiliklar portallarigacha. Har bir sayt tez yuklanadigan, mobil qurilmalarga moslashgan, o‘zbek va rus tilida va qidiruv tizimlari uchun boshidanoq tayyorlangan holda topshiriladi.
-
Mobil ilovalar
Allten iOS va Android uchun mobil ilovalar ishlab chiqadi va ularni App Store hamda Google Play’ga chiqaradi. Jamoamizning 18 ta ilovasi hozir do‘konlarda: e’lonlar platformasi, futbol bron qilish, yangiliklar, ta’lim va utilitalar. Ko‘p ilovalarni Flutter’da, maxfiylik va tezlik muhim bo‘lsa — Swift va Kotlin’da native yozamiz.
-
SEO
Allten 2017-yildan beri SEO bilan professional shug‘ullanadi va avvalo o‘z portallarimizni o‘stirgan: Zamin.uz maqolalari 155 milliondan ortiq marta o‘qilgan, trafikning katta qismi qidiruvdan keladi. Xuddi shu usulni mijozlar saytlariga qo‘llaymiz: texnik tozalik, qidiruv niyatiga mos kontent, sifatli havolalar va ChatGPT, Gemini kabi AI-qidiruvlarda ko‘rinish (GEO).
-
Reklama
Allten Google Ads, Yandex Direct va Meta (Instagram, Facebook) reklamasini sozlaydi va yuritadi. Biz kliklar sonini emas, lid va sotuv narxini o‘lchaymiz: avval konversiya kuzatuvini sozlaymiz, keyin byudjetni eng arzon mijoz keltiradigan kampaniyalarga o‘tkazamiz.
-
AI va botlar
Allten biznes uchun AI-yordamchilar va Telegram botlar quradi. Masalan, o‘zimizning Sotgich xizmatimiz Instagram va Telegram’da mijozlarga kecha-kunduz javob beradi, Bisyor’da esa e’lonlar AI yordamida moderatsiyadan o‘tadi. Bot faqat sizning ma’lumotlaringizga tayanadi va lidlarni CRM’ga tushiradi.
-
CRM va tizimlar
Allten biznesingiz jarayoniga moslab CRM va ichki tizimlar quradi: lidlar avtomatik keladi va sotuvchilarga adolatli taqsimlanadi, sotuv bir tugma bilan kuryerga yuboriladi, egasi esa tushum, xarajat va unit-ekonomikani bir panelda ko‘radi. Tayyor CRM’lar mos kelmaydigan joyda maxsus tizim tezroq o‘zini oqlaydi.
Qanday ishlaymiz
Tanishuv va baholash
Vazifani eshitamiz, savollar beramiz va 1 ish kuni ichida bepul baho va muddat beramiz.
Prototip va dizayn
Sahifalar yoki ekranlar tuzilmasini kelishamiz, keyin dizaynni tasdiqlaysiz.
Ishlab chiqish
Har hafta ishlayotgan versiyani ko‘rsatamiz — natijani oxirida emas, jarayonda ko‘rasiz.
Ishga tushirish
Server, domen, SEO, analitika va do‘konlarga chiqarishni o‘zimiz qilamiz.
O‘sish
Kerak bo‘lsa, SEO, reklama va yangilanishlar bilan davom etamiz.
Loyihangizni muhokama qilamiz
Formani to‘ldiring yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri yozing — 1 ish kuni ichida javob beramiz.
- Qo‘ng‘iroq qilish+998 99 256-99-99
- Telegram@nodirbek_razzokov
- ToshkentO‘zbekiston bo‘ylab va masofadan