Google Ads, Yandex va Meta reklama — har bir so‘m hisobda
Allten Google Ads, Yandex Direct va Meta (Instagram, Facebook) reklamasini sozlaydi va yuritadi. Biz kliklar sonini emas, lid va sotuv narxini o‘lchaymiz: avval konversiya kuzatuvini sozlaymiz, keyin byudjetni eng arzon mijoz keltiradigan kampaniyalarga o‘tkazamiz.
Nimalar kiradi
Kuzatuv
GA4, Yandex Metrica, konversiyalar, telefon va forma lidlari.
Kampaniyalar
Qidiruv, Performance Max, YouTube, Yandex va Meta kampaniyalari.
Landing sahifa
Reklama uchun tez yuklanadigan, konversiyaga yo‘naltirilgan sahifa.
Kreativlar
Matnlar, bannerlar va qisqa videolar o‘zbek va rus tilida.
Optimizatsiya
Haftalik qarorlar: kalit so‘zlar, auditoriya, stavkalar.
Hisobot
Lid narxi, sotuv va xarajat bo‘yicha oylik hisobot.
Taxminiy muddatlar
| Kuzatuv va sozlash | 3–5 kun |
|---|---|
| O‘rganish bosqichi | 2–3 hafta |
| Barqaror natija | 1–2 oy |
Aniq muddat va narx topshiriqni ko‘rgach, bepul baholashda aytiladi.
Texnologiyalar
- Google Ads
- Yandex Direct
- Meta Ads
- GA4
- Yandex Metrica
Shu xizmat bo‘yicha loyihalar

Bisyor.uz
Butun O‘zbekiston bo‘ylab ko‘chmas mulk, avto, ish, tovar va xizmatlar e’lonlari platformasi — sayt va mobil ilovalar.

Playmatch
Futbol maydonini onlayn bron qilish, jamoa yig‘ish va liga uyushtirish ilovasi. Maydon egalari uchun alohida B2B tizim.

Bip
Mashina oynasidagi QR stiker orqali egasiga raqamsiz xabar va qo‘ng‘iroq: yo‘lni to‘sgan yoki fari yoniq qolgan mashina uchun.
Ko‘p beriladigan savollar
Reklama uchun qancha byudjet kerak?
Bu sohaga va raqobatga bog‘liq. Birinchi oyda test uchun kichik byudjetdan boshlab, lid narxini aniqlagach kengaytirishni tavsiya qilamiz.
Natijani qanday ko‘raman?
Har bir lid manbasi bilan yoziladi: qaysi kampaniya, qaysi so‘z. Oylik hisobotda xarajat, lidlar soni va bitta lid narxi bo‘ladi.
Reklama akkaunti kimga tegishli bo‘ladi?
Sizga. Akkauntlar sizning nomingizda ochiladi, biz ularga kirish huquqi bilan ishlaymiz.
Loyihangizni muhokama qilamiz
Formani to‘ldiring yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri yozing — 1 ish kuni ichida javob beramiz.
- Qo‘ng‘iroq qilish+998 99 256-99-99
- Telegram@nodirbek_razzokov
- ToshkentO‘zbekiston bo‘ylab va masofadan