iOS va Android uchun mobil ilovalar
Allten iOS va Android uchun mobil ilovalar ishlab chiqadi va ularni App Store hamda Google Play’ga chiqaradi. Jamoamizning 18 ta ilovasi hozir do‘konlarda: e’lonlar platformasi, futbol bron qilish, yangiliklar, ta’lim va utilitalar. Ko‘p ilovalarni Flutter’da, maxfiylik va tezlik muhim bo‘lsa — Swift va Kotlin’da native yozamiz.
Nimalar kiradi
UX va dizayn
Foydalanuvchi yo‘llari, iOS va Android qoidalariga mos ekranlar, qorong‘i rejim.
Ilova va backend
API, ma’lumotlar bazasi, admin-panel, push-bildirishnomalar.
Kirish va to‘lovlar
Apple, Google va Telegram orqali kirish; Payme, Click, in-app to‘lovlar.
Qo‘ng‘iroq va chat
Ichki chat, WebRTC audio va video qo‘ng‘iroq, VoIP push.
Do‘konga chiqarish
App Store va Google Play sahifasi, skrinshotlar, moderatsiyadan o‘tkazish.
Yangilanish va o‘lchov
Analitika, xatolar monitoringi va muntazam relizlar.
Taxminiy muddatlar
| MVP (asosiy funksiyalar) | 6–10 hafta |
|---|---|
| To‘liq ilova va backend | 3–5 oy |
| Mavjud ilovani qayta qurish | baholashdan keyin |
Aniq muddat va narx topshiriqni ko‘rgach, bepul baholashda aytiladi.
Texnologiyalar
- Flutter
- SwiftUI
- Kotlin
- Jetpack Compose
- Firebase
- WebRTC
Shu xizmat bo‘yicha loyihalar

Playmatch
Futbol maydonini onlayn bron qilish, jamoa yig‘ish va liga uyushtirish ilovasi. Maydon egalari uchun alohida B2B tizim.

Bip
Mashina oynasidagi QR stiker orqali egasiga raqamsiz xabar va qo‘ng‘iroq: yo‘lni to‘sgan yoki fari yoniq qolgan mashina uchun.

Roomy
Telefon xotirasini tozalaydigan native ilova: dublikat rasm va videolar, keraksiz kontaktlar va eski kalendar yozuvlari.
Mavzu bo‘yicha maqolalar
-
Flutter yoki native: mobil ilova uchun qaysi birini tanlash kerak
Flutter va native (Swift, Kotlin) ilovalarni solishtirish: tezlik, narx, qurilma imkoniyatlari va qo‘llab-quvvatlash. 18 ta ilova tajribasidan tanlash qoidasi.
-
Ilovani App Store va Google Play’ga chiqarish: tekshiruv ro‘yxati
Ilovani App Store va Google Play’ga chiqarishdan oldin nima tayyor bo‘lsin: developer akkaunt, maxfiylik siyosati, akkauntni o‘chirish, Apple bilan kirish.
Ko‘p beriladigan savollar
Flutter yoki native — qaysi biri yaxshi?
Ko‘p biznes ilovalar uchun Flutter yetarli: bitta kod bazasi iOS va Android’ni qoplaydi va tezroq chiqadi. Kamera, fon jarayonlari, maxfiylik yoki maksimal tezlik muhim bo‘lsa, Swift va Kotlin’da native yozamiz.
Ilovani App Store va Google Play’ga kim chiqaradi?
Biz. Do‘kon sahifasi, skrinshotlar, maxfiylik siyosati va moderatsiyadan o‘tkazishni o‘zimiz qilamiz. Ilova sizning developer akkauntingizda turadi.
MVP qancha vaqtda tayyor bo‘ladi?
Asosiy funksiyalari bilan MVP odatda 6–10 haftada chiqadi. Keyin foydalanuvchilar fikri va raqamlarga qarab rivojlantiramiz.
Ilovaga to‘lov ulash mumkinmi?
Ha: Payme, Click, karta orqali to‘lov va App Store, Google Play in-app obunalar. To‘lov har doim serverda tekshiriladi.
Loyihangizni muhokama qilamiz
Formani to‘ldiring yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri yozing — 1 ish kuni ichida javob beramiz.
- Qo‘ng‘iroq qilish+998 99 256-99-99
- Telegram@nodirbek_razzokov
- ToshkentO‘zbekiston bo‘ylab va masofadan