Sog‘liq ilovasi, 2026-yildan

100 Yosh

Yosh va jinsga mos kunlik reja, tibbiy tekshiruvlar eslatmasi va 100 yoshgacha yo‘l xaritasi — iPhone, iPad, Mac, Apple Watch va Android uchun.

100 Yosh — Sog‘liq ilovasi
  • 5platforma
  • 3ilova tili
  • 0reklama va kuzatuv

Foydalanuvchi tug‘ilgan sanasi va jinsini kiritadi — ilova har kuni harakat, ovqatlanish, uyqu, ruhiy salomatlik va muloqot bo‘yicha 5–10 daqiqalik vazifalar beradi, qon bosimi, xolesterin, tish va ko‘z tekshiruvlari muddatini eslatadi. Tavsiyalar JSST va USPSTF ko‘rsatmalariga asoslangan, har vazifada «Nega muhim» izohi bor.

Ilova har platformada native: iPhone, iPad, Mac va Apple Watch uchun SwiftUI, Android uchun Kotlin va Jetpack Compose. Oflayn ishlaydi, Apple yoki Google orqali kirgandan keyin ma’lumotlar o‘z NestJS backendimiz orqali qurilmalar o‘rtasida sinxronlanadi. Reklama va analitika yo‘q.

Loyihangizni muhokama qilamiz

Formani to‘ldiring yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri yozing — 1 ish kuni ichida javob beramiz.